Kroos: Ronaldu haqida gapirishga shoshilmang

  • 6 sentabr, 2022, 19:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

Tecno

“Ronaldu dam olish kunlari qanday futbol o‘ynashini, uyiga Ferrarida qaytishini va uni qanday haydashini ko‘rasiz. Ammo siz u uyida qanday mashg‘ulot o‘tkazishi hamda o‘yinlar oldidan qanday tayyorganlik ko‘rishini hech qachon ko‘rmagansiz. Shu bois, u haqida fikr bildirishga shoshilmang”, — deydi Kroos.

Eslatib o‘tamiz, yozgi transfer oynasida Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"ni tark etmoqchi edi, ammo futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan jamoa topilmadi.

2022/2023 yilgi mavsumda Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"ning barcha oltita o‘yinida qatnashdi. Biroq hujumchi hali samarali harakatlari bilan ajralib turgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!