Kroos Ronaldu va Inestani ortda qoldirib rekord o‘rnatdi

  • 20 dekabr, 2018, 10:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha Madridning "Real" klubi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finalida Yaponiyaning "Kashima Antlers" klubini 3:1 hisobida engdi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Tecno

Shu kuni “qirollik klubi” safida uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan Toni Kross musobaqa tarixida rekord o‘rnatdi. Gap shundaki, bu 28 yoshli germaniyalik futbolchi shu tariqa faoliyatida 5-marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Bungacha birorta evropalik futbolchi ushbu musobaqada bu qadar ko‘p qatnashmagan edi.

Ma’lumot uchun, Kroos bu borada Krishtianu Ronaldu (4ta) hamda Andres Inesta (4ta) kabi futbolchilarni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” endi 22 dekabr kuni musobaqaning bosh sovrini uchun mezbon “Al-Ayn”ga qarshi bahs yuritadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!