Kuarejma "Beshiktosh"dan ketmoqda

  • 24 avgust, 2019, 20:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiyaning "Beshiktosh" klubi yarim himoyachisi Rikardu Kuarejma jamoasini o‘zgartirishini ma’lum qildi.

Tecno

“Klub prezidenti meni jamoada ortiq ko‘rishni xohlamasligini aytdi. Hozir men vaziyatni hal qilish bo‘yicha ish olib boryapman. Tez orada o‘z qarorimni matbuot anjuma orqali e’lon qilaman. Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat”, - deydi portugaliyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, 35 yoshli Kuarejma “Beshiktosh” safida dastlab 2010-2012 yillarda to‘p surdi. Keyin esa 2015 yilda yana jamoaga qaytib kelgan edi. U ushbu jamoa safida jami 227ta o‘yinda maydonga tushdi va 38ta gol hamda 78ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!