Kubarsi: «Laport va Inyigo menga juda yordam berishdi»
«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi markaziy himoyachisi Pau Kubarsi o‘z rivojlanishi haqida fikr bildirdi.
«Aymerik Laport va Inyigo Martines menga juda katta yordam berdi. Ular tajribali, men esa shu jihatda hali o‘sishim kerak. Laport va Inyigo kabi futbolchilar seni doim oldinga intilishga majbur qiladi. Ular xarakteri kuchli o‘yinchilar, bu esa menga ham ta’sir qiladi», — deya Kubarsining so‘zlarini keltiradi Barça Universal nashri.
2025/26 yildgi mavsumda Kubarsi barcha musobaqalar hisobga olingan holda maydonga 48 marta tushdi va bir bor gol urdi.
Hozirda 19 yoshli himoyachi Ispaniya terma jamoasi tarkibida jahon chempionatida ishtirok etmoqda. U musobaqadagi barcha olti uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushirilgan.

Fikrlar