Kulibali PSJdan bo‘lgan taklifga qanday javob beradi?

  • 18.01.2020 13:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Napoli” klubi va Senegal terma jamoasi himoyachisi Kalidu Kulibali faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Footmercato nashri xabar tarqatmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda PSJ vakillari 28 yoshli futbolchi bilan aloqaga chiqishgan va unga yiliga 12 mln evro maosh taklif qilishgan. Parijliklar Kulibalini mavsum yakunida jamoadan ketadigan 35 yoshli braziliyalik himoyachi Tyago Silvaga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda.

Kulibali joriy mavsum hozircha A Seriyada 14 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!