Kulibaliga "konkret" xaridor chiqdi
PSJ klubi yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida "Napoli"ning markaziy himoyachisi Kalidu Kulibalini sotib olishni rejalashtirmoqda.
Le Quotidien du Foot nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, frantsuz grandi 28 yoshli senegallik futbolchi uchun 75 mln evrodan voz kechishga tayyor. Agar Kulibali Parijga ko‘chib o‘tsa, u yiliga 10 mln evro maosh olishi mumkin.
Kalidu joriy mavsum “Napoli” safida jami 21 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.



Fikrlar