Kuman Messidan xavotirda
“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoa etakchisi Lionel Messi nega o‘yindan gol ura olmayotgani va avvalgi yillardan farqli o‘laroq, yaxshi o‘ynay olmayotganiga munosabat bildirdi.
- U hali ham kuchli sifatlarga ega va bizning hujumkor taktikamizda muhim o‘yinchi hisoblanadi. Messi faqat penaltidan gol urayotganini men ham ko‘rib, bilib turibman. Hammamiz Leo doim hal qiluvchi rolni o‘ynashiga ko‘nikib qolganmiz, - dedi Kuman.
Argentinalik hujumchi “Barselona” uchun 740 ta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasini 638 marotaba ishg‘ol qilgan va 282 marta golli pas oshirgan. U faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar orasida gol urish bo‘yicha faqatgina Krishtianu Ronaldudan ortda qolmoqda.

Fikrlar