Kuman Neymarni kutyapti

  • 6 dekabr, 2020, 09:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda Neymar kelasi mavsum Messi bilan birga o‘ynashi haqida gapirgandi. Braziliyalik futbolchi bu qaysi jamoada sodir bo‘lishi mumkinligini aytmadi. Ko‘pchilik buni Leoning PSJga o‘tishi mumkinligiga ishora, deb qabul qildi. Lekin Neymarning o‘zi ham “Barselona”ga  qaytish orzusidan voz kechgani yo‘q.

Tecno

Ronald Kuman ham Neymarning “Barsa”ga kelishi mumkinligini inkor etmadi.

- Biz klubimizda dunyoning eng zo‘r futbolchilari to‘p tepishini istaymiz. Men ham Neymardek futbolchi safimizda o‘ynashini orzu qilaman, - dedi Kuman.

Shuningdek, bosh murabbiy “Barselona” prezidentligi uchun saylovda kim g‘alaba qozonishining unga farqi yo‘qligini ham alohida ta’kidladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!