
Kuman rahbarlar ishonchini yo‘qotdimi?
“Barselona”da jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berayotganiga qaramay, klubdagi muhit hamon og‘irligicha qolmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, Kuman klub rahbariyati tomonidan o‘ziga nisbatan ishonchsizlik sezilayotganidan norozi. Bunga so‘nggi transferlardagi holat sabab bo‘lgan. Niderlandiyalik mutaxassis kerakli futbolchilar transferi bo‘yicha o‘zi qaror qabul qilishi kerakligini, lekin amalda bunday bo‘lmayotganidan shikoyat qilmoqda.
Bundan avvalroq ham, klub rahbariyati Kuman so‘ragan futbolchilarning hammasini ham olib bermagani va ayrim o‘yinchilarni ularning o‘zi tanlagani haqida xabarlar tarqalgan edi. Xususan, Kuman hujumga o‘z hamyurti Memfis Depayni olib kelmoqchi. Klub rahbarlari esa, Lautaro Martinesning transferini amalga oshirish fikrida qat’iy turibdi.
Fikrlar