
Kuman: "Sevilya" bizdan kuchli!
"Barselona" La Liga 5-turi doirasida "Sevilya"ga qarshi o‘yin o‘tkazdi. "Kamp Nou" stadionida kechgan bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Kataloniyaliklar ustozi Ronald Kuman bu o‘yin haqida fikr bildirdi.
"Juda og‘ir o‘yin o‘tkazdik. Ular yaxshi qarshilik ko‘rsatdi. To‘p bilan o‘zimiz kutganimizdek muomala qila olmayapmiz va bu bizga muammolar keltirib chiqarmoqda. Ular jismoniy jihatdan kuchli jamoa. Bu tarafdan olsak, "Sevilya" bizdan kuchli.
Shunday bo‘lsa-da, jamoadan qoniqish hosil qilmoqdaman. Shogirdlarim ikkinchi bo‘limda charchab qolgan bo‘lsa ham, oxirgi daqiqalargacha kurashdi. Koutino o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishi kerak. Bugun u zo‘r o‘ynadi",-deya niderlandiyalik mutaxassis so‘zlarini "Marca" nashri keltirmoqda.
Fikrlar