Kuman Suaresni zaxiraga "mixlaydi"

  • 16 sentabr, 2020, 13:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kumanga kerak bo‘lmay qolgan Luis Suares klubdan ketish uchun 25 million evro miqdorida kompensatsiya talab qilmoqda. Klub bu pulni to‘lamoqchi emas va futbolchini o‘zaro kelishgan holda amaldagi shartnomani bekor qilishga chaqirgan edi.

Tecno

Luis Suares boshqa Matyuidi va Vidal tutgan yo‘ldan bormadi va pul talab qilishda davom etmoqda. “Barselona” rahbariyati urugvaylik hujumchini arzimagan summa evaziga “Yuventus”ga berishga ham tayyorligini bildirgan.

Shu o‘rinda, Kataloniya klubi agar Luis Suares klub bilan kelishishni istamasa, Kuman uni shartnomasi tugaguniga qadar o‘yinga tushirmay, zaxiraga “mixlab” qo‘yishini ma’lum qildi. Agar vaziyat shunday tus olsa, 2021 yilning yozida Suaresga katta klublardan taklif bo‘lmaydi. Chunki har qanday zo‘r futbolchi ham o‘yin amaliyotisiz mahoratini yo‘qotib qo‘yish ehtimoli katta.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!