Kurash. Butunjahon etnosport o‘yinlarida 18ta medal qo‘lga kiritildi

CHERY AUTO

Xabaringiz bor, joriy yil 29 sentyabr - 3 oktyabr kunlari Turkiya Respublikasining Iznik shahrida Butunjahon etnosport o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Mazkur o‘yinlarda belbog‘li kurash bo‘yicha 17 nafar sportchimiz federasiya raisi Ravshan Dastirov boshchiligida ishtirok etishdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Polvonlarimiz dastlab belbog‘li kurash bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlarini namoyish etdi. Turli ko‘rinishda bajarilgan belbog‘li kurash usullari tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, vakillarimiz belbog‘li kurash sport turlari bo‘lmish korsh va alish bo‘yicha ham belgilangan vazn toifalarida bellashishdi. 30 dan ortiq davlatdan yig‘ilgan polvonlar orasida kurashchilarimiz 6 ta oltin, 6 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, kuchlilar qatoridan joy olishdi.

E’tiborlisi, belbog‘li kurash sport turi Butunjahon etnosport o‘yinlari dasturidan rasman joy oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!