Kurash. Qo‘qonda jahon chempionati bo‘lib o‘tdi

CHERY AUTO

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridagi madaniyat va istirohat bog‘ida joylashgan qadimiy "O‘rda" maydonida ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Qo‘qon va sport” shiori ostida belbog‘li kurash bo‘yicha 2005-2006 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Yuqori saviyada o‘tgan ushbu jahon chempionatida Rossiya, Mug‘uliston, Ozarbayjon, Belarus, Isroil, Gruziya, Hindiston, Moldova, Ruminiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi dunyoning 20 ga yaqin davlatlaridan 200 ga yaqin eng sara polvonlari ishtirok etishdi.

Chempionatda belbog‘li kurash bo‘yicha o‘g‘il bolalar - 42, - 45, - 50, - 55, - 60, - 65, - 71, - 77 , - 85, - 95, + 95 kg. vazn toifalarida kuch sinashishgan bo‘lishsa, qizlar - 44, - 48, - 52, - 57, -63, - 70, +70 kg. vaznlarda g‘oliblik uchun bahs olib borishdi. Musobaqa reglamentiga ko‘ra kunning birinchi yarmida saralash bosqichi o‘tkazilgan bo‘lsa, kunning ikkinchi yarmida yarim final, final bellashuvlarida kuchlilar aniqlandi. Chempionat doirasida musobaqaning tantanali ochilish marosimi ham tashkil etildi. Mazkur ochilish marosimida Jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi prezidenti Azizbek Abdixalilovich G‘aniev ishtirok etib, chempionat polvonlarga omad tiladi. Shuningdek, ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Abdulla Aslanov,Farg‘ona viloti hokimi o‘rinbosari Xurshid Ahmedov,, Osiyo belbog‘li kurash konfedratsiyasi prezidenti Mo‘minxo‘ja Muratov, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov va boshqalar ishtirok etishdi. Marosimda xorijdan tashrif buyurgan sport delegatlarga mezbonlar tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari berildi.

Jahon chempionati bahslari yakunlangach, g‘olib sportchilar tantanali tarzda taqdirlanishdi. Har bir vazn toifasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchilarga 5 million so‘m, ikkinchi o‘ringa ega bo‘lgan sportchilarga 3 million so‘m, ikkita uchinchi o‘rinni egallagan polvonlarga 2 million so‘mdan pul mukofotlari hamda diplom va medallar topshirildi.

photo_2022-05-27_06-45-35

photo_2022-05-27_06-45-36

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!