Kurtua "Chelsi"dan taklif kutyapti
"Chelsi" darvozasini ishonchli qo‘riqlayotgan belgiyalik darvozabon Tibo Kurtua "Real" taklifini rad etdi. Mohir posbon London klubi unga yangi shartnoma taklif etishini kutmoqda.
- Ayni paytda klubda hamma bor e’tiborini Angliya chempionligini qo‘lga kiritishga qaratgan, - dedi Tibo Kurtua. - Hali shartnoma borasida hech kim bilan gaplashmadik. Lekin mavsum yakunida bu mavzuga qaytamiz. Menga yangi shartnoma taklif etishlarini kutyapman.

Tibo Kurtua joriy mavsumda "Chelsi" darvozasini APLning 28 ta uchrashuvida qo‘riqladi.



Fikrlar