
Kutganmidingiz? "You Tube" bloger yana ringga qaytmoqda....
Hozirgi vaqtda profescional boksda nafaqat bokschilar, balki boshqa soha vakillari ham ko‘rgazmali janglarda ishtirok etmoqda. Xususan, ana shunday mashhur "You Tube" blogerlardan biri Jek Pol ham navbatdagi jangi sanasini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, bloger 17 aprel kuni ringga ko‘tariladi. Raqib hali e’lon qilinmadi. Ammo bu safar unga xaqiqiy profescional bokschi raqiblik qilishi aytilmoqda. Jek Polning akasi Logan Pol esa, 20 fevral kuni Floyd Meyvezerga qarshi ringga ko‘tarilishi xaqida oldin xabar bergan edik.
Eslatib o‘tamiz, Jek Pol shu kunga qadar 2 bora ko‘rgazmali janglarda ishtirok etgan. Dastlab, u 2020 yil 30 yanvar kuni hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev bilan bir kechada boshqa bir bloger Enson Gibni mag‘lub etgan bo‘lsa, 24 noyabr kuni Mayk Tayson va Roy Jons jang kechasida mashhur basketbol yulduzi Neyt Robinsonni chuqur nokautga uchratgan edi.
Fikrlar