Kutib oling! "Chelsi"ni qutqarish uchun Pochettino olib kelinmoqda
"Chelsi" klubi bosh murabbiylik uchun argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettinoni olib kelmoqda. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, jamoa va mutaxassis o‘rtasida 2027 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolanib bo‘lingan. U "Chelsi"da ish boshlagach, jahondagi eng qimmat maosh oladigan murabbiylardan biriga aylanadi.
Ma’lumot o‘rnida, Pochettino Angliyada "Tottenxem"dagi faoliyati orqali yaxshi tanilgan. Keyinchalik u PSJda ham bosh murabbiy lavozimida ish olib bordi.

Fikrlar