Kutib oling! Futbolda yangi kartochka paydo bo‘lmoqda...
Futbolda yangi ko‘k kartochka paydo bo‘ladi! "The Telegraph" nashri xabariga ko‘ra, hakam bunday kartochkani umidli hujumni to‘xtatgan taktik qoidabuzarlik uchun, shuningdek, uchrashuv rasmiysi bilan keskin norozilik bildirgan futbolchi uchun ko‘rsatadi.
Agar o‘yinchi ko‘k kartochka olsa, u 10 daqiqaga maydondan chetlatiladi. Ikkita ko‘k kartochka yoki sariq hamda ko‘k kartochkalar kombinatsiyasi qayd etilsa, u qizil kartochkaga aylanadi.
Futbol o‘yini qoidalarini boshqaruvchi va tartibga soluvchi Xalqaro futbol assotsiatsiyasi kengashi (IFAB) 9 fevral kuni yangi kartochkaning sinovi haqida ma’lum qilishi kutilmoqda.



Fikrlar