"Kuzda ochkolarni sanaymiz, futbolchida maydonda azart bo‘lishi kerak" - Anvar Berdiev

  • 15.08.2024 00:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Pro liganing 16-turida G‘uzorning “Sho‘rtan” jamoasi safarda “Xorazm” bilan kuch sinashdi. Qiziqarli o‘tgan bahsda darvozalar daxlsiz qoldi.

“Sho‘rtan” ushbu durangdan so‘ng turnir jadvalida 25 ochko bilan hozircha 4-o‘rinda boryapti.

“Xorazm”ga qarshi o‘yindan keyin “Sho‘rtan” bosh murabbiyi Anvar Berdiev ayrim savollarga javob qaytardi.

- O‘yin juda qiyin kechdi. Bu uchrashuvda jamoamiz oxirigacha kurashib bir ochkoni qo‘lga kiritdi. Jamoamiz ushbu o‘yinda mag‘lubiyatga uchrashi ham mumkin edi. Lekin oxirgi daqiqadagi zarbamiz darvozaga kirib ketishi va yutib ketishimiz ham mumkin edi.

- Jamoangiz ko‘proq himoyadan o‘ynadi. Taktika shundaymidi?

- Himoyadan o‘ynadik demagan bo‘lardim. Himoyadan o‘ynagan bo‘lsak, demak, “Xorazm” jamoasi bizni himoyaga e’tibor qaratishimizga majbur qildi. Ammo biz ham hujumlar tashkil etdik, imkoniyatlar yaratdik. Faqat ulardan foydalana olmadik. O‘ylaymanki, muxlislar uchun qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Ushbu uchrashuvni tahlil qilib, keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz.

- “Sho‘rtan” jamoasining asosiy maqsadi nima?

- Jamoamizning maqsadi har bir uchrashuvda faqat g‘alaba uchun kurashish. U yog‘ini Xudo xohlasa, kuzda ochkolarni sanaymiz. Aytganimdek, ungacha har bir bellashuvda g‘alaba uchun bor kuchimizni sarflaymiz.

- Jasur Xolto‘raevning o‘yini haqida fikringiz qanday?

- Xolto‘raev shunday hujumchiki yakka kurashlarda yutqazgisi kelmaydi. Vaziyatlarni boy bersa jaxli chiqadigan futbolchi. Ammo maydondan tashqarisida u bilan gaplashsangiz o‘zini bosib olgan, jamoadagi eng tartibli futbolchilardan biri. Biroq futbolchida maydonda azart bo‘lishi kerak. Jasur Xolto‘raevning o‘yinidan qoniqdim. Maydonda ancha harakat qildi va jamoaga yordami tegdi.

- Sheroz Jalolov nima uchun zaxirada qolib ketyapti?

- Sheroz Jalolov jamoamizga ikkinchi davrada qo‘shildi. Yaxshi himoyachi. Lekin bizda raqobat bor. Uning joyida Timur Nabiev o‘ynayapti. Biroq ishonchim komilki, Jalolov ham maydonga chiqsa jamoaga yordami tegadi. Mashg‘ulotlarda yaxshi ishlayotganini ko‘ryapmiz. Unga ham albatta imkoniyat beramiz.

- O‘zbek futbolida yaxshi hujumchilar kamayib ketayotganiga sizning fikringiz qanday?

- Bu savol juda ko‘p berilyapti. Ishonchim komilki, O‘zbekistonda iqtidorli o‘yinchilar bor. Akademiyalarga katta e’tibor qaratilyapti. Oldingi futbolchilar – Zafar Xolmurodov, Baxtiyor Hamidullaev, Anvar Soliev, Umid Isoqovga o‘xshagan hujumchilar etishib chiqadi, deb o‘ylayman. Faqat bunga ozgina vaqt kerak.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!