Kvaratsxeliya – ikki chempionat g‘olibi

  • 24 may, 03:55
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasi va Frantsiya Liga 1 musobaqalarida joriy mavsum chempionlari nomi aniq bo‘ldi. Italiyada “Napoli” 38 tur yakuniga ko‘ra 82 ochko jamg‘arib, Skudetto sohibiga aylandi. Frantsiyada esa “PSJ” navbatdagi chempionlikni qo‘lga kiritdi.

E’tiborga molik jihati shundaki, mavsum davomida ushbu ikki klub safida maydonga tushgan gruziyalik vinger Xvicha Kvaratsxeliya ikkala chempionatda ham g‘olib chiqqan futbolchiga aylandi. U qishki transfer oynasida neapoliklarni tark etib, Parij klubi safiga ko‘chib o‘tgan edi. Shu sababli Kvaratsxeliya joriy mavsumni ikkita oltin medal bilan yakunlashga muvaffaq bo‘ldi.

Tecno

Ma’lumot uchun, ayni paytda hujumchi Luis Enrike boshchiligidagi “PSJ” jamoasi bilan Chempionlar ligasi finaliga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Hal qiluvchi bahs 31 may kuni “Allianz Arena” stadionida “Inter”ga qarshi o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!