Kvaratsxeliya - RPLning eng yaxshi yosh futbolchisi. Nomzodlar orasida Oston O‘runov ham bor edi...

  • 1 avgust, 2020, 21:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Rubin” klubi yarim himoyachisi Xvich Kvaratsxeliya Rossiya premer-ligasining 2019/20 yilgi mavsumdagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.

Tecno

19 yoshli gruziyalik futbolchi RPL klublari sardorlari va murabbiylari, Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov, "Match Premer" telekanali ekspertlari va OAV xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada eng ko‘p ovoz oldi. Aytish kerakki, ushbu mukofot uchun “Ufa”dagi hamyurtimiz Oston O‘runov ham da’vogarlik qilayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Kvaratsxeliya ortda qolgan mavsum 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!