Kvaratsxeliya: gol urmasam yoki assist qilmasam ham farqi yo‘q. Men jamoa uchun o‘ynayman
«PSJ»ning krayniy hujumchisi Xvicha Kvaratsxeliya jamoa manfaati shaxsiy statistikadan ustun ekanini ta’kidladi.
Shanba, 30 may kuni Parij klubi Chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Finalda «PSJ» «Arsenal» ustidan g‘alaba qozondi (1:1, penaltilar seriyasida — 4:3). Asosiy vaqtda Kvaratsxeliya penalti ishlab oldi, zarba7r Usman Dembele amalga oshirdi va gol urdi.
«Gol urmasam yoki golli pas bermasam ham, eng muhimi — jamoaga yordam berishim… Men uchun shu asosiysi. Har doim jamoa uchun o‘ynayman», — deya Kvaratsxeliya so‘zlarini jurnalist Fabrizio Romano o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida keltirdi.
Joriy mavsum Chempionlar ligasida gruziyalik hujumchi 16 ta o‘yinda maydonga tushdi, ularda 10 ta gol urdi va 7 ta golli pas berdi.

Fikrlar