
Kvaratsxeliyaga APL klubi 90 million evro to‘lashga tayyor
"Napoli"ning hujumkor yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirish imkoniyatiga ega. Bu haqda "Calciomercato" nashri xabar berdi.
Italiya nashrining malum qilishicha, gruziyalik yarim himoyachining transferiga "Nyukasl" qiziqmoqda. Kvaratsxeliyaning o‘tishi uchun ingliz klubi rahbariyati neapolliklarga taxminan 90 million evro va bonus to‘lovlarini taklif qilishga tayyor.
Xvicha o‘tgan yozda “Napoli”ga 5 yillik shartnoma asosida kelib qo‘shilgan edi. Jamoa bilan birgalikda u A Seriya chempioniga aylandi.
Italiya chempionatining so‘nggi mavsumida yarim himoyachi 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar