
"La gazzetta dello sport" nashri bugungi o‘yin uchun taxminiy tarkibni e’lon qildi. Shomurodov asosiydami?
Italiya chempionatida 12-tur bahslari davom ettiriladi. Bugun kun doirasidan o‘rin olgan 5 ta o‘yin bor.
Ular orasida biz uchun ahamiyatlisi "Roma" ishtirokidagi bellashuvdir. Rimliklar bu gal "Venetsiya"ni sinovdan o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:30da start oladi.
"Bo‘rilar" ayni paytda 11 turda 19 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. "Venetsiya" esa shuncha o‘yinda 9 ochko jamg‘arib, 17-pog‘onani band etgan.
Statistika bilan shug‘ullanuvchi Lagazzettadellosport nashri jamoalarning ushbu o‘yin uchun taxminiy tarkiblarini tuzib chiqdi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov yana zaxirada qoldirilgan. Hujumda doimgidek Abraxam.
Fikrlar