
La Liga. “Atletiko” safarda “Malaga”ni qiyinchiliksiz taslim qildi
Ispaniya chempionati 29-turida “Atletiko Madrid” safarda “Malaga” mehmoni bo‘ldi.
Qiziqarli uchrashuvda madridliklar 2:0 hisobida zafar quchdi. Koke va Filipe Luisning gollari “matraschilar”ga 3 ochko keltirdi.
Malaga – Atletiko 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 26 Koke, 0:2 – 74 Filipe Luis.
Malaga – Kameni, Rosales, Lorente, Ernandes, Torres (Rikka, 15), Xuan Karlos, Rodriges (Resio, 60), Kamacho, Fornals, Sandro Ramires, Keko (Santos, 72).
Atletiko – Oblak, Xuanfran, Savich, Lyuka Ernandes, Filipe Luis (Ximenes, 88), Parti (Korrea, 53), Gabi, Saul, Koke, Torres, Grizmann (Godin, 84).
Ogohlantirishlar: Lyuka Ernandes (19), Savich (31), Resio (76), Xuan Karlos (76).
Fikrlar