
La Liga. "Barselona" ishonchli hisobda g‘alaba qozondi
"Barselona" La Liganing 2-turida "Kadis"ni o‘z maydonida qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinning 82-daqiqasiga kelib Gyundoganning ajoyib pasini Pedri golga aylantirib, hisobni ochdi. Ikkinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda Torres oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi.
3 ochkoni qo‘lga kiritgan "Barsa" turnir jadvalida 4-o‘ringa chiqib oldi. "Kadis" esa 11-pog‘onaga tushib ketdi.
Fikrlar