
La Liga. "Barselona" qiyin o‘tgan uchrashuvda 3 ochko qo‘lga kiritdi
La Liga 33-turidan o‘rin olgan "Real Sosedad" - "Barselona" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Per-Emerik Obameyangning 11-daqiqada urgan goli "ko‘k-anorranglilar"ga muhim 3 ochkoni taqdim etdi.
Shu tariqa, Xavi shogirdlari hisobidagi ochkolari sonini 63 taga etkazib oldi. Ayni vaqtda ular La Liga turnir jadvalida 2-o‘rinni band etgan. 55 ochkosi bor "Sosedad" 6-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar