La Liga chempionligi uchun jamoalarning imkoniyati baholandi

  • 13 avgust, 15:23
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Opta superkompyuteri Ispaniya La Ligasi-2025/2026 mavsumida g‘olib bo‘lish uchun asosiy da’vogarlarni imkoniyatlarini tahmin qildi. "Barselona"ning g‘alaba qozonish ehtimoli 46,5 foiz. Madridning "Real" klubi chempion bo‘lish imkoniyati 32,1 foizga, poytaxtning yana bir klubi "Atletiko" esa 11,7 foizga baholanmoqda.

Tecno

Ispaniya chempionati-2025/2026 mavsumi g‘olibligi uchun asosiy da’vogarlar Top-10:

"Barselona" - 46,5%;
"Real Madrid" - 32,1%;
"Atletiko Madrid" - 11,7%;
"Vilyarreal" - 3,7%;
"Atletik Bilbao" - 2,9%;
"Betis" - 0,9%;
"Osasuna" - 0,5%;
"Selta" - 0,4%;
"Real Sosedad" - 0,4%;
"Valensiya" - 0,2%.

O‘tgan mavsumda "Barselona" 88 ochko jamg‘arib, Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. "Real" ikkinchi o‘rinni egalladi (84).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!