La Liga. Hafta ramziy jamoasi bilan tanishing
La Ligada 20-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda kutilgan hamda kutilmagan natijalar guvohi bo‘ldik.
Turnir peshqadami "Barselona" "Sevilya" ustidan 3:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishgan bo‘lsa, "Real" kutilmaganda "Malorka"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi - 0:1.
Ayni vaqtda peshqadam bo‘lib turgan kataloniyaliklar hamda "qirollik klubi" o‘rtasidagi farq 8 ochkoni tashkil etadi.
Quyida "Dazn" nashri versiyasiga ko‘ra, 20-tur ramziy jamaosi bilan tanishib chiqishingiz mumkin. 

Fikrlar