La Liga prezidenti: "Barselona” hozir 1:3 qoidasi ostida ishlamoqda
Ispaniya La Ligasi prezidenti Xaver Tebas “Barselona” haqida gapirdi. Uning aytishicha, "ko‘k-anorranglilar" bir qator voqealardan so‘ng, avvalgi moliyaviy holatiga qaytish uchun harakat qilmoqda.
- “Barselona” hozirda 500 million evrodan kamomadni yopish arafasida. Ular soliq xizmati bilan hamkorlik qilishni boshladi, shuningdek, o‘yinchilar bilan murosaga kelishi kutilmoqda. Agar "Elche" bilan ham xuddi shunday bo‘lgan bo‘lsa, bu boshqa voqea holat edi, lekin "Barsa" — brend. Iqtisodiy jihatdan kataloniyaliklar pul ishlab chiqaruvchi — mashina.
Bunday voqealarning sabablari — koronavirus pandemiyasi. Bu 500 million evroning 190 million evroga yaqini pandemiya tufayli bo‘lgan, 160-170 million evro turli xil to‘lovlar, qolgani esa Bartomeu davridagi klubning yo‘qotishlari.
Ular hozir 1:3 qoidasi ostida ishlashmoqda. Ya’ni har 100 million evrolik sotuvdan keyin 33 million evroni yangi xaridlarga ishlatishlari mumkin. Ammo agar ular 500 million evro foyda olishsa, jamoa odatdagidek 1:1 da shartnoma imzolashi mumkin bo‘ladi, - deya Tebasning so‘zlarini keltirdi “Mundo Deportivo” nashri.

Fikrlar