La Liga prezidenti PSJ va “Manchester Siti”ni evrokuboklardan chetlatishni so‘radi
Ispaniya La Ligasi prezidenti Xaver Tebas Angliyaning “Manchester Siti” hamda Frantsiyaning PSJ klubini moliyaviy “feyr-pley”ni buzganlikda ayblamoqda.
"Manchester Siti” hamda PSJ jamoalari so‘nggi 5 yil ichida transferlar uchun eng ko‘p pul sarf etgan jamoalardir. Ularning topadigan daromadlari esa bu qadar yuqori emas.
Biz “Manchester Siti” va PSJning daromadlarini “Real”, “Barselona”, “Manchester Yunayted” hamda “Bavariya”larning daromadlari bilan taqqosladik.
Nima uchun biz ularni chetlatmasligimiz kerak? Velosipedchi doping tufayli chetlatilinayotgan bir vaqtda-ya? Men nazorat turnirgacha bo‘lishini istayman, undan keyin emas”, – deb uning so‘zlarini keltirib o‘tdi “L`Equipe” nashri.



Fikrlar