La Liga. "Real" kambek amalga oshirib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi

  • 21 yanvar, 2024, 22:20
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liganing 21-turidan o‘rin olgan "Real" - "Almeriya" uchrashuvi 2:3 hisobida yakunlandi. 

Dastlab, 1-daqiqada Ramazani jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 43-daqiqada Gonsales oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. 57-daqiqada Bellingem penaltini aniq amalga oshirib, hisobni qisqartirdi. Shundan so‘ng Vinisius imkoniyatlarni tenglashtirdi. 90+9 daqiqada esa Karvaxal g‘alaba golini urib ketdi. 

Shu tariqa, madridliklar 3 ochkoni qo‘lga kiritib, 51 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinda turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!