La Liga. “Real” Madrid derbisida g‘alabani qo‘ldan boy berdi

CHERY AUTO

 

Tecno

Ispaniya chempionati 31-tur markaziy o‘yinida Madridning ikki klubi – “Real” va “Atletiko” o‘zaro kurash olib bordi.

Mazkur o‘yinda 1:1 hisobidagi jangovar durang qayd etildi. Uchrashuvning 52-daqiqasida Pepe hisobni ochgan bo‘lsa, “Atletiko” 85-daqiqada Antuan Grizmanning goli evaziga hisobni tenglashtirdi.

"Real" ushbu o‘yindan keyin ochkolari sonini 72 taga etkazib, peshqadamlikni saqlab qoldi. Bugun tunda "Barselona" o‘ynaydi va madridliklarga etib olishi mumkin. Shunga qaramay, "Qirollik klubi"da bitta zaxira o‘yini bor. 

Real Madrid – Atletiko 1:1 (0:0, 1:1)

Gollar: 1:0 – 52 Pepe, 1:1 – 85 Grizmann.

Real Madrid – Navas, Pepe (Nacho, 67), Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro, Kroos (Isko, 76), Beyl (Vaskes, 81), Ronaldu, Benzema.

Atletiko – Oblak, Savich, Filipe Luis, Xuanfran, Godin, Saul (Korrea, 62), Gabi, Ferreyra Karrasko (Ximenes, 88), Koke, Grizmann, Torres (Parti, 78).

Ogohlantirishlar: Kazemiro (37), Saul (52), Godin (60), Karvaxal (88), Koke (89).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!