La Liga. "Real" "Siti"ga qarshi o‘yin oldidan qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi, Tchuamenidan super gol!

  • 13 aprel, 2024, 23:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasi 31-turidan o‘rin olgan "Malorka" - "Real" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar kichik 1:0 hisobida zafar quchdi. 

Yagona golga Orelen Tchuameni mualliflik qildi. U olis masofadan yo‘llangan kuchli zarbasi evaziga bellashuvdagi yagona golni kiritdi. 

Shu tariqa, "qirollik klubi" mazkur g‘alaba evaziga ochkolari sonini 78 taga etkazib, peshqadamlikni mustahkamladi. "Malorka" esa 31 ochko bilan 15-pog‘onani band etgan.  

Ma’lumot o‘rnida, "Real" 17 aprel kuni tunda Evropa chempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi saf tortadi. Dastlabki to‘qnashuvda 3:3 hisobi qayd etilgandi. 

  • Ispaniya - La Liga
  • Joriy Mavsum

Mallyorka

Tugadi
0 : 1

13.04.2024 21:30

Real Madrid

  • Aurélien Tchouaméni 48'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!