
La Liga "Valensiya" - "Real" o‘yinidagi voqea yuzasidan sudga murojaat qildi
La Liga "Valensiya" muxlislarining Eder Militaoga nisbatan irqchilik munosabati ustidan sudga xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda La Liga doirasidagi o‘yinda "Valensiya" muxlislari "Real" vingeri Vinisius Juniorni "maymun", deb haqorat qilgan. Shu sababli, uchrashuv 8 daqiqaga to‘xtatilgandi.
Hozirda sudda Vinisiusga qarshi irqchilik ishi ko‘rib chiqilmoqda. "Cope" nashri xabarga ko‘ra, La Liga sudga xat yo‘llab, irqchilikka asoslangan haqoratlan madridliklar himoyachisi Eder Militaoga ham aytliganini ta’kidladi. La Liga chora ko‘rishni va o‘z vakiliga sudda nutq so‘zlash imkoniyatini so‘radi.
Avvalroq, "Valensiya" "Real" bilan o‘yinda irqchilik uchun 45 000 evro jarima to‘lagandi va "Mestalya" stadioniga 5 uchrashuvga muxlislari kirishi uchun ta’qiq o‘rnatilgan, ammo keyinchalik jazo 3 o‘yinga qisqartirildi, jarima esa 27 000 evro miqdorida belgilandi.
Fikrlar