La Liganing eng zo‘r yosh o‘yinchisi nomi e’lon qilindi

  • 05.06.2025 19:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona”ning Ispaniya chempionatida g‘olib chiqishiga katta hissa qo‘shgan17 yoshli  Lamin Yamal nufuzli individual sovrin bilan taqdirlandi.

La Liga rasmiy saytining ma’lum qilishicha, Lamin Yamal mavsum yakuniga ko‘ra, 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida Ispaniya chempionatining eng yaxshi yosh o‘yinchisi, deb topildi va maxsus sovrin egasiga aylandi.

Lamin Yamal sovrin g‘olibini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnomada Pedri, Jud Bellingem, Arda Gyuler, Diego Lopes, Fabiu Silva va Alberto Moleyro kabi o‘yinchilarni ortda qoldirdi.

Yamal La Ligada samarali o‘yin ko‘rsatdi. Chempionatda 35 ta uchrashuvda qatnashgan 17 yoshli futbolchi to‘qqizta gol va 15 ta assist muallifi bo‘ldi. Yamal assistlar bo‘yicha La Liga futbolchilari orasida eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etganini ham ta’kidlash lozim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!