La Liganing mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi

  • 31 mart, 2023, 13:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizmann La Liganing mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Aytish kerakki, frantsiyalik futbolchi bahorning birinchi oyida “matraschilar” safida Ispaniya chempionatining 3 ta uchrashuvida 2 ta gol urib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ushbu o‘yinlarda "Atletiko" uchta g‘alabaga erishdi va umumiy 10:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Diego Simeone boshqaruvidagi jamoa turnir jadvalida peshqadam “Barselona”dan 17 ochko ortda qolib, 3-o‘rinda bormoqda. Antuan Grizmann joriy mavsum Ispaniya La Ligasida 26 uchrashuvda maydonga tushdi va 9 ta gol urib, 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!