
La Sexta: Zidan ertadan "Real"da ish boshlaydi
Madridning "Real" klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan yana “Santyago Bernabeu”ga qaytmoqda. Bu haqda La Sexta nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra bugun “qirollik klubi” direktorlar kengashi frantsiyalik mutaxassisni yana jamoaga qaytarish shartlarini kelishib olish uchun favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi.Zidan katta ehtimol bilan ertadan “Real”da ish boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Zinedin Zidan 2016-2018 yillarda “Real”ni boshqargan va jami 9ta sovrinni qo‘lga kiritgan. E’tiborlisi, uning boshchiligidagi jamoa qatorasiga 3 mavsum Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.
Fikrlar