Lamin Yamal "Borussiya D"ga qarshi bahsda eng past ballni oldi

  • 16 aprel, 12:23
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, kecha Evropa Chempionlar ligasi chorak finali doirasida "Borussiya D" va "Barselona" jamoalari bellashdi. Ushbu javob uchrashuvida "sariqlar" 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Birinchi bahsda 4:0 hisobidagi g‘alaba orqali kataloniyaliklar yarim finalga yo‘l oldi.

Ushbu uchrashuvda "Barselona” vingeri Lamin Yamal o‘zini ko‘rsata olmadi. 17 yoshli futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushdi va o‘yinning 70-daqiqasida almashtirildi. Ispaniyalikning o‘yinini taniqli WhoScored statistik portali tomonidan 6,1 ballga loyiq ko‘rildi. Bu Yamal uchun bu mavsumdagi eng yomon ko‘rsatkich.

Eslatib o‘tamiz, Lamin ushbu mavsumda barcha turnirlarda 45 o‘yinda qatnashib, 14 gol urgan va 21 golga assistentlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!