"Lans" "Barselona" himoyachisini ijaraga olmoqchi

  • 30 yanvar, 2024, 03:33
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lans" qishki transferlar oynasida bitta himoyachi bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko‘radi. Klubning asosiy maqsadi bu "Barselona" a’zosi Mikail Fayedir. 

Tecno

Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, lansliklar Ispaniya klubiga futbolchini 8 yoki 9 million evroga sotib olish bandi bilan mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi ekanligini ma’lum qilgan va rad javobini olgan. "Barsa" Faye bo‘yicha hech qanday taklifni ko‘rib chiqishni istamaydi. 

"Lans" so‘nggi paytlarda himoyachilarining tez-tez safdan chiqishidan aziyat chekmoqda. Husanov terma jamoa tarkibida bo‘lsa, Graditning qizil kartochkasi bor. Shu bilan birga, Medina jarohatdan yaqindagina qaytdi. Oldinda esa muhim o‘yinlar kutib turibdi. 

Agarda frantsiyaliklar Fayeni ijaraga ololmasa, boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqishi va bu Husanov uchun biroz qimmatga tushishi mumkin. Endigina murabbiyning ishonchiga kirib olayotgan himoyachimiz "Lans" safidagi so‘nggi ikkita bahsda zaxiraga olinmadi. 

Olympique Gymnaste Club Nice v Racing Club de Lens - Ligue 1 Uber Eats

"Lans" Frantsiya chempionatining 19-turidan keyin 8-o‘rinda ketmoqda. Mavsumni Chempionlar ligasida boshlab, Evropa ligasiga tushib ketgan jamoa "Frayburg"ga qarshi maydonga tushadi. Klubning Evrokuboklar zonasiga qaytishga imkoniyati yaxshi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!