Laporta: "Ayollar jamoamiz — matonat va professionalik namunasi"
"Barselona" prezidenti Joan Laporta ayollar bo‘yicha Ispaniya Superkubogi haqida gapirar ekan, "Real" prezidenti Florentino Peresni ham eslab o‘tdi.
Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona" ayollar jamoasi "Real Madrid"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
"Bu futbolchilar — matonat va professionalikning yorqin namunasi. Bunday darajaga chiqish juda qiyin, ammo undan ham qiyini — shu saviyada qolish. Ular esa bunga erishdi.
Biz Florentino Peres u yerda bo‘lmasligini bilardik va buni izohlamaganmiz. Ispaniya federatsiyasi prezidenti Rafael Lusan "Barselona"ning ayollar futboliga bo‘lgan sadoqati uchun bizga minnatdorchilik bildirdi.
Shuningdek, ayollar Chempionlar ligasining chorak final o‘yinini "Kamp Nou" stadionida o‘tkazish imkoniyatini o‘rganayapmiz", — dedi Laporta.
Fikrlar