
Laporta: "Barselona" loyihasi Lamin Yamal atrofida quriladi"
Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta 17 yoshli vunderkind Lamin Yamalning istiqbollari haqida gapirdi:
"Lamin o‘zining nodir iste’dod ekanini isbotladi. U – futbol tarixi davomida faqat eng yaxshilar erisha oladigan noyob kareraga ega bo‘ladiganlardan biri. U jamoa bilan erishilgan yutuqlar orqali shaxsiy mukofotlarini qo‘lga kiritadi.
Menga yoqadi: u faqat o‘zi haqida emas, jamoa haqida ham o‘ylaydi. U baxtli va men bilaman – Ronaldino va Messilar kabi, endi loyiha uning atrofida quriladi. U hali yosh, shaxsiy mukofotlarni yutishi mumkin, lekin hammasining kaliti – jamoaviy yutuqlar», – deya ta’rif berib o‘tdi klub prezidenti.
Fikrlar