
Laporta: "Madrid klubi prezidenti doim oliyjanob"
Joan Laporta "Barselona"ning Ispaniya Superkubogidagi g‘alabasi haqida fikr bildirdi.
"Florentino Peres menga o‘yindan keyin yaxshi o‘ynaganimizni aytdi. Biz "Barselona" va "Real" qarama-qarshiligi va bu klublar futbol uchun juda muhimligi haqida gaplashdik. Madrid klubi prezidenti g‘alaba va mag‘lubiyatdan so‘ng ham juda oliyjanob.
Mazkur Superkubok juda qadrli. Sababi, biz "Real"ga qarshi o‘ynadik. "Barsa" futbol kontsertini namoyish etdi va biz o‘zimizni doimo shunday tutishimiz kerak", - dedi "ko‘k-anorranglilar" prezidenti.
Fikrlar