"Latsio" Indzagining o‘rnini egallaydigan 3 mutaxassis nomzodini ko‘rib chiqmoqda

  • 28.05.2021 18:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Latsio" bosh murabbiy Simone Indzagining o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan bir qator mutaxassislar ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, rimliklar bu borada 3 mutaxassis nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Bular - Lyusen Favr, Sinish Mixaylovich va Valter Matstsarri.

"Latsio" yakunlangan mavsum A Seriyada 6-o‘rinni egalladi va kelasi mavsum Evropa ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

45 yoshli Indzagi “Latsio”ni 2016 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uning boshqaruvida “Latsio” 2018/19 yilgi mavsumda Italiya kubogi va 2017, 2019 yillarda Italiya Superkbogi sohibi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!