Latviya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

  • 11 may, 2018, 10:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Miksu Paatelaynen Latviya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Unga ko‘ra latviyaliklar 51 yoshli finlyandiyalik mutaxassis bilan Millatlar Ligasi musobaqachi so‘nggiga qadar shartnoma imzolashgan. Agar Latviya terma jamoasi ushbu musobaqada o‘z guruhlarida birinchi o‘rinni egallashsa, Paatelaynen bilan o‘rtadagi kelishuv Evro-2020 saralashi yakuniga qadar uzaytiriladi.

Ma’lumot uchun, Miksu Paatelaynen  faoliyati davomida «Dandi Yunayted» va «Bolton» klublarida ishlagan. U shuningdek Finlyandiya terma jamoasiga ham ustozlik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Latviya terma jamoasi JCh-2018 saralashi doirasida o‘z guruhida 5-o‘rinda qolib ketdi. Shundan so‘ng rahbariyat jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Starkovni o‘z lavozimidan ozod etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!