Lautaro Martines "Barselona" hafsalasini pir qilmoqchi
"Inter" rahbariyati hujumchi Lautaro Martines bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Corriera dello Sport nashri argentinalik forvardning mutasaddilari terma jamoalar yig‘ini vaqtida Milanga tashrif buyurishi haqida xabar bermoqda.
23 yoshli futbolchining o‘zi ham klub bilan shartnomani yangilash bo‘yicha muzokaraga tayyor. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2023 yil yozigacha amal qiladi.
O‘tgan mavsumlar oralig‘ida hujumchi "Barselona"ga o‘tishi mumkin edi, biroq kataloniyaliklar boshqaruvida vujudga kelgan krizis sabab kelishuv amalga oshmay qoldi.

Fikrlar