
Lautaro Martines nima uchun MYu taklifini rad etgan?
ESPN, nashri xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" "Inter" hujumchisi Lautaro Martines variantidan to‘liq voz kechmoqchi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Martines "qizil iblislar"ga "Barselona"dan boshqa klubga o‘tmasligi haqida aytib o‘tgan. Shu sabab Ule Gunnar Sulsher jamoasi "neradzurrilar"ga boshqa taklif yubormoqchi emas.
Joriy mavsumda argentinalik futbolchi A Seriyada 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 gol va 4 ta gollik uzatma muallifi bo‘lgan.
Fikrlar