Lautaro Messi bilan to‘qnashishga majbur bo‘ladi

  • 3 iyun, 2020, 14:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Argentina terma jamoasi osh murabbiyi Lionel Skaloni “Inter” hujumchisi Lautaro Martinesning “Barselona”ga o‘tishi bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi.

- Lautaroning Messi bilan birga o‘ynashi u uchun foyda, albatta. Lekin vaqt o‘tishi bilan u klubdagi liderlik mavqei uchun kurashishiga to‘g‘ri keladi. Unda asosiy tarkibda o‘zini ko‘rsatish uchun qisqagina fursat bo‘ladi, - deydi Skaloni.

Lautaro joriy mavsumda barcha turnirlarda 31 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 16 marotaba ishg‘ol qildi. “Barselona” bu futbolchini qo‘lga kiritishni o‘zi uchun asosiy maqsad qilib belgilab olgan. Lautaro ham Kataloniyaga ko‘chib o‘tish istagida ekanini ma’lum qilgan.

"Oltin butsa". Ronaldu va Messi taxtni topshirmoqda

Shomurodov “Napoli”, “Sevilya”, “Atletiko” hujumchilaridan oldinda!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!