Lazizbek Mullajonov professional boksda ikkinchi jangini o‘tkazadi. Raqib ham ma’lum bo‘ldi

  • 29 may, 2021, 08:27
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning superog‘ir vazn toifasida faoliyat olib borayotgan yosh va umidli bokschimiz Lazizbek Mullajonov (1-0, 1KO) professional yo‘nalishdagi yurishini davom ettiradi. Mullajonov 4 iyun kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida ringga ko‘tariladi. Mazkur bellashuvda Mullajonovga estoniyalik Anton Shomkin (14-14, 12KO) raqiblik qiladi. 

Tecno

22 yoshli Mullajonov havaskor boksda yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempioni va ko‘plab nufuzli xalqaro turnirlar g‘olibi sanaladi. U 29 yanvar kuni o‘tkazgan professional boksdagi debyut jangida Aleksandr Stefanovni 2-raundda texnik nokaut evaziga mag‘lub etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!