
Leau La Liga klubiga o‘tmoqchi
"Milan" hujumchisi Rafael Leau faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
"SPORT" nashrining xabariga ko‘ra, 25 yoshli portugaliyalik o‘z atrofidagilarga "Barselona"ga o‘tish istagini bildirgan.
Kataloniya klubi rahbariyati ham Portugaliya terma jamoasi futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor va bu transferda agent Jorje Mendesh yordamiga umid qilmoqda.
Fikrlar