"Leganes" bugun "Real" maydonida tarixiy g‘alabani qo‘lga kirita oladimi?

  • 01.09.2018 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Bugun Madridning "Real" klubi La Liganing 3-turi doirasida o‘z maydonida "Leganes"ni qabul qiladi. 

Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:

- "Leganes" va "Real" La Liga doirasida bor yo‘g‘i 4 marta to‘qnash kelishgan va shularning barchasida "qirolik klubi"ning qo‘li baland kelgan.

- "Real" "Leganes"ga qarshi o‘tgan 4ta o‘yinda jami 12ta gol kiritgan. Bu esa har bir o‘yinga o‘rtacha 3tadan to‘g‘ri keladi.

- "Leganes" esa ushbu 4ta o‘yinda "Real" darvozasiga faqat 3 marotaba yo‘l topishga muvaffaq bo‘lgan.

- "Real" Madrid so‘nggi 14ta o‘yindan buyon har bir uchrashuvda kamida 1ta gol urib kelmoqda.

"Real" Madrid – "Leganes"

Stadion: "Santyago Bernabeu" (Madrid)

Boshlanish vaqti: 23:45

Bosh hakam: Santyago Latre

Taxminiy tarkiblar:

"Real": Kurtua – Karvaxal, Ramos, Varan, Marselo – Kazemiro, Kroos, Modrich – Asensio, Beyl, Benzema.

Leganes: Kuellar – Xuanfran, Munos, Siovas, Silva – Eraso, Peres, Oxeda, Gumbo – El-Jar, Karilo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!